Dermatomitset nima degani
Dermatomitset nima degani – odam va hayvonlarning, asosan, terisini, sochlarni va tirnoqlarini shikastlantiradigan pathogen zamburug’larning katta guruhi.

Dermatomitset nima degani – odam va hayvonlarning, asosan, terisini, sochlarni va tirnoqlarini shikastlantiradigan pathogen zamburug’larning katta guruhi.
Dematomiozit nima degani – mushak, teri, shilliq qobiqlari, goho nerv tolalari va qon tomirlarni shikastlantiradigan, kelib chiqishi noma’lum bo’lgan o’tkir, o’rtacha o’tkir yoki surunkali yallig’lanish jarayoni; kollagenozlarning bir turi.
Dermatomaniya nima degani – o’z terisini jarohatlash vasvasasi: sochlarni yulib, tirnog’i, lablarini tishlash bilan kechadi.
Deyteranomaliya nima degani – rangni ajrata olmaslik shakli; yashil rangni ko’ra olish qobiliyatining pasayishi.
Dekstropozitsiya matki, bachadon dekstropozitsiyasi nima degani – bachadonning tos o’rta chizig’idan o’ng tomonga siljib qolganlik holati.
Deprivatsiya nima degani – biologiya va tibbiyotda organizmning qaysi bir talabini qondirish imkoniyatining yo’qolishi yoki cheklanishi.
Dermatologiya nima degani – teri kasalliklari va ularni davolash usullarini o’rganadigan fan.
Dermatoma nima degani – terida har xil yallig’lanish, shishlar paydo bo’lishi.
Dermatoz beremennix, homiladorlar dermatozi nima degani – homiladorlik davrida ayollarda paydo bo’ladigan teri kasalliklari.
Dermatoz(lar) nima degani – terining tug’ma yoki orttirilgan har xil patologik holatlari.