Dakriuriya nima degani
Dakriuriya nima degani – tutqanoq xuruji paytida siyib qo’yish.

Dakriuriya nima degani – tutqanoq xuruji paytida siyib qo’yish.
Dekstrokardiya nima degani – yurakning ko’krak qafasi o’ng tomonida joylashgan holati (tug’ma rivojlanish anomaliyasi).
Dekstroversiya matki, bachadon dekstroversiyasi nima degani – bachadonni tos o’qiga nisbatan o’ng tomonga qiyshayishi.
Deyteranopiya nima degani – rangni ajrata olmaslik, yashil rangni mutlaqo ajrata olmaslik.
Dekaltsifikatsiya nima degani – patologik jarayon natijasida organizm to’qimalari (tish, suyaklar)dan kalsiyning yo’qolishi.
Deyteranop nima degani – deyteranopiya bilan aziyat chekayotgan kishi (shaxs).
Dezodoratsiya nima degani – qo’lansa hidlarni bartaraf etish.
Dezintoksikatsiya nima degani – odam va hayvonlar organizmidagi zaharli moddalarni zararsizlantirish jarayoni.
Dezinfektsiya (obezzarajivaniye) nima degani – yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni fizikaviy va kimyoviy ta’sir etish bilan qirish (yo’qotish).
Debilnost, aqli zaif nima degani – aqlli zaiflikning yengil shakli (tug’ma yoki bolalikda orttirilgan); o’qish, o’rganish imkoniyatlari cheklangan.