Fasih ul-bayon
Fasih ul-bayon-chiroyli bayon etuvchi, so’z ustasi.

Fasih ul-bayon-chiroyli bayon etuvchi, so’z ustasi.
Farroshboshi-Buxoro amirligida amir oshxonasining boshlig’i, ya’ni bosh oshpaz farroshboshi deb atalgan.
Farsax (farsang – parsang, porasang)-Sharqda, jumladan O’rta Osiyoda qadimdan ishlatilib kelgan masofa o’lchov birligi. Bir farsah 9-12 ming qadamga yoki 6-8 kilometrga teng bo’lgan.
Farz-shariatda hamma musulmonlar bajarishi shart bo’lgan qat’iy talablar va me’yorlarni anglatuvchi diniy huquqiy tushuncha. Qur’onda ko’rsatilgan diniy e’tiqod, marosim, urf-odat talablari, axloqiy va huquqiy me’yorlar farz tushunchasiga kiritilgan.
Falloq-eski maktablarda gunohkor bolalarga jazo berishda ishlatiladigan arqon.
Urug’-bir ajdoddan tarqalgan qon-qarindoshlarning jamoat bo’lib uyushuvi.
Uron-jang paytida askarlar tarafidan bir-birlarini yo’qotib yoki adashib o’ldirib qo’ymaslik uchun qilingan maxsus chaqiriq, hayqiriq, nido, shior.
Unvon-sarlavha, mansab va amal belgisi, darajasi.