Muti’
Muti’-itoat etuvchi, bo’ysunuvchi degan ma’noni anglatgan.

Muti’-itoat etuvchi, bo’ysunuvchi degan ma’noni anglatgan.
Muslim-Islom diniga e’tiqod qilgan shaxs.
Musavvir-turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor.
Musolaha-o’rta asrlarda O’rta Osiyoda keng qo’llanilgan atama bo’lib, sulh, sulhlashish degan ma’noni anglatgan.
Murtad-Islom tarixida bu dindan qaytgan, undan voz kechgan, chekingan odamlar murtad deb atalgan. Ular eng katta gunoh qilgan hisoblanib, doimo o’limiga hukm qilingan.
Murid-pir yoki eshonga qo’l berib, ularni o’zining rahnamosi deb bilgan shaxs. Muridlar o’z pirlariga itoat etishi, xizmat qilishi va ularning izidan borishi lozim bo’lgan.
Murassa’-qiymatli toshlar bilan bezatilgan qilich, taxt, libos.
Munofiqlar-Islom tarixiga xos atama bo’lib, ikki yuzlamachilikni anglatgan. Islom dinini yuzaki qabul qilib, o’zi esa avvalgi qabilaviy dinga sig’inishini davom ettirgan arablarga nisbatan qo’llanilgan.
Munajjim-osmon yoritqichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. O’rta asrlarda astrologiya va astronomiya bilan shug’ullanuvchilar munajjim deb atalgan.