O’ra (chuqur) kavlagich
O’ra (chuqur) kavlagich – mexa, rezavor va o’rmoq ekinlari ko’chatlarini ekish, shuningdek, o’rta zichlikdagi tuproqlarda teshiklarni qazish uchun mo’ljallangan asbob.
O’ra (chuqur) kavlagich – mexa, rezavor va o’rmoq ekinlari ko’chatlarini ekish, shuningdek, o’rta zichlikdagi tuproqlarda teshiklarni qazish uchun mo’ljallangan asbob.
O’ra (chuqur) – maxsus qazilgan chuqurlik, quduq, choh. Masalan: portlash chuqurligi, tindirish o’rasi, bug’lash o’rasi va hokazolar.
O’pirilishga qarshi galereya – temir yo’l yoki avtomobil yo’llari qismlarini tog’ o’pirishidan saqlovchi inshoot.
O’pirilish (ko’chishga oid) – geologiyada materialning yuqoridan pastgacha asta-sekin harakatlanishi. Bu harakat eroziya deb atalmaydi. Bu har qanday yonbag’irliklarda, shu jumladan, o’simliklar bilan qoplangan joylarda paydo bo’lishi mumkin. Masalan: to’kilgan … Read More
O’pirilish (qulashga oid) – to’g’ jinslarining barqaror holatini o’zboshimchalik bilan yoki majburan buzish, qulash. Masalan: gruntining o’pirilishi, tog’ jinslarining o’pirilishi, qulashi.
O’pirilish, o’yilish – tuproqning plastik deformatsiyasi. Masalan: grunt o’pirilishi, ikki tomonlama o’yilish va hokazolar.
O’lchovsiz – taqqoslab bo’lmaydigan miqdorlarga kvadratning diagonali va tomonning uzunliklari yoki radiusda qurilgan doira va kvadratning maydoni misol bo’ladi. Agar miqdorlar o’lchovi bo’lsa, unda ularning nisbati ratsional son bilan ifodalanadi, … Read More
O’lchovlilik – umumiy o’lchovga ega bo’lgan (masalan: uzunliklar yoki maydonlar) ikkita bir xil miqdor (ko’rib chiqilayotgan miqdorlar bilan bir xil tabiatdagi miqdor deb ataladi va ularning har biri butun sonni … Read More
O’qqa nisbatan mutanosib – ob’yekt o’q atrofida aylantirilganda uning ko’rinishi o’zgarmasa, ob’yekt o’qqa nisbatan mutanosibdir.
O’qdoshmaslik – parallel. Aylanadigan qismlarning butun uzunligi bo’ylab aylanish o’qlari bir-biridan bir xil masofada joylashganligi tushuniladi. Burchakli, aylanish o’qlari bir-biriga burchak ostida joylashadi.