Ballizm nima degani
Ballizm nima degani – qo’llarning, tez-tez beixtiyor harakat qilishi; xoreyani eslatadi.

Ballizm nima degani – qo’llarning, tez-tez beixtiyor harakat qilishi; xoreyani eslatadi.
Balanorragiya nima degani – olat boshchasiing jarohatidan qon oqishi.
Bol, og’riq nima degani – odamning o’ziga xos ruhiy holati; qandaydir kuchli yoki shikastlantiradigan ta’sirotlar tufayli vujudga keladigan markaziy nerv tizimidagi fiziologik jarayon.
Bolezn, kasallik nima degani – tashqi va ichki muhitdagi haddan tashqari kuchli ta’sirotlar natijasida organizm hayot faoliyatining buzilishi; moslashuvning pasayishi bilan bir vaqtda organizm himoya kuchlarining safarbar etilishi bilan ifodalanadi.
Blokada novokainovaya, novokainli qamal nima degani – novokain ta’sirida periferik nervlar orqali nerv impulse o’tkazilishinign uzilishi, qamallanishi.
Blefarostat nima degani – yuz suyaklariga tayanch sathi bo’lgan qovoqni ochish uchun asbob (burun suyagi, qosh usti va yonoq yoylari, chakka suyaklariga tayanadi).
Blefarotomiya nima degani – qovoqlar chakka tomon birikmasini kesib, ular orasidagi masofani kengaytirish. Ko’z tirqishini uzaytirish va zo’riqishni kamaytirish maqsadida qilinadi.
Bolezni adaptatsii, adaptatsiya kasalliklari nima degani – G.Sele tomonidan taklif etilgan atama; organizmning moslashuv reaksiyalari takomillashganligi (masalan, ortiqha miqdorda) natijasida organizmga xos bo’lmagan pathogen omil (stressor)larning ta’sirida hosil bo’luvchi holatlar.
Biomikroskopiya glaza nima degani – ko’z to’qimalari va optik muhitlarni visual tekshirish usuli; tirqish lampa yordamida tekshiriladi.
Biofizika nima degani – butun bir organizm, alohida a’zolar, to’qimalar, hujayralardagi fizik xossalar va hodisalarni, shuningdek, hayot faoliyati jarayonining fizik-kimyoviy asoslarini o’rganadigan fan.