GIPOTENZIYA
GIPOTENZIYA — qon tomirlari, kovak a’zolar yoki organism bo’shliqlarida gidrostatik bosimning past bo’lishi.

GIPOTENZIYA — qon tomirlari, kovak a’zolar yoki organism bo’shliqlarida gidrostatik bosimning past bo’lishi.
GIPPOKRAT OYCHALARI (o’roqchalari) — to’g’ri burchakli uchburchak katetlari va gipotenuzasini diametr sifatida qabul qilib chizilgan uchta yarim aylana bilan chegaralangan figuralar. Shu singari o’roqsimon shakllarni Gippokrat tekshirgan.
GOGENTSOLLERNLAR (Hohenzollern) — Branderburg kurfyurstlari (1415— 1701), Prussiya qirollari (1701 — 1918), Germaniya imperatorlari (1871 — 1918) sulolasi. Asosiy vakillari: Fridrix Vilgelm, Fridrix II, Vilgelm I, Vilgelm II.
GOVIND SINGH (1666.26.12-1708. oktabr) — sikxlarning o’ninchi va so’nggi diniy rahbari (gurusi). Sikhlar jamoasi boshlig’i (1675-1708). Sikhizmni isloh qilib, guru hokimiyatini sikh harbiy-diniy tashkiloti — xalsega topshirgan.
GOLDSTAYN (GOLDSTEIN) JOZEF LEONARD (1940) — amerikalik genetik olim. Odam va hayvonlar organizmida lipidlarnnt tashilishi va xolesterin almashinuvining boshqarilish mexanizmi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1985; M.S. Braun … Read More
GOLLANDIYA (Holland) – o’rta asr grafligi, so’ngra tarixiy Niderlandiya tarkibidagi viloyat, 17-18-asrlarda birlashgan viloyatlar Respublikasi (viloyat nomi bilan uni ko’pincha Gollandiya, Gollandiya Respublikasi deb qam atashadi) tarkibida. Hozirgi Niderlandiya (uni, … Read More
GOMEO… (Yunoncha homois — o’xshash, bir xil) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilgan so’zlarga aynanlik, o’xshashlik, bir xildalik ma’no ifodasini beradi. Masalan, gomeostaz, Gomeopatiya.
GOMINIDLAR (lotincha homo — odam so’zidan) — primatlar turkumiga mansub oila. Hozirgi insoniyat (neoantroplar) dan boshlab, o’tgan ajdodlarning qamma vakillari (arxantroplar va paleoantroplar) kiradi. Gominidlar oilasiga, odatda, Avstralopiteksimonlarni ham kiritishadi.
GOMO… (Yunoncha homos — teng, bir xil, uyg’un, umumiy) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’xshash, yagona, ayni bir narsaga mansublik ma’nolari ifodasini bildiradi (masalan, gomomorfizm, gomofoniya).
GOMOGEN SISTEMA – bir fazadan iborat bo’lgan fizik-kimyoviy sistema. Bunday sistemaning har bir nuqtasida bosim r, temperatura T va kontsentratsiya S bir xil bo’ladi. Masalan, muz, suv, suv bug’i, gazlar … Read More