GARDISH

GARDISH — 1) buyumning aylanma sirti, doirasi. Masalan, g’ildirak Gardishi; 2) badiiy miskarlikda keng qo’llaniladigan naqshlardan biri. Gardish barkash, lagan kabi buyumlarning ichki yuzasi chetiga chizilgan doiralardan iborat bo’lib, ularning … Read More

GARM SERIYASI

GARM SERIYASI (Pomirdagi garm qishlog’i nomidan) — arxey va quyi proterozoy eralariga mansub tog’jin- slari majmuasi. Paragneys, ortogneys, kristalli slaneslar, marmar toshlardan iborat. Quyi va yuqori svitalarga bo’linadi. Qalinligi 3 … Read More

GARMO MUZLIGI

GARMO MUZLIGI — Pomirdagi muzlik. Vaxshning chap irmog’i Obixingov va Panjning o’ng irmog’i Vanch daryosining boshlanish qismida (Tojikiston Respublikasi). Uzunligi 30,4 kilometr, eni qariyb 2 kilometr, maydoni 115 kilometr kvadrat. … Read More

GARMO CHO’QQISI

GARMO CHO’QQISI — Pomirdagi tog’ cho’qqisi (Tojikiston Respublikasi). Fanlar akademiyasi va Darvoz tizmalari qo’shilgan joyda. Balandligi 6595 metr. Garmo va Geografiya jamiyati muzliklari bor.

GARMONIK QATOR

GARMONIK QATOR – hadlari natural sonlarga teskari sonlardan tashkil topgan qator Garmonik qator uzoqlashuvchi qatordir. Garmonik qatorning bu xususiyatini 1673 yilda G. Leybnis isbotlagan. Garmonik qatorning ikkinchi hadidan boshlab har … Read More

GARMONIKA

GARMONIKA (Yunoncha harmonikos — ohangdosh) — bir qator oiladosh musiqa sozlari (akkordeon, garmon, lab Garmonikasi va boshqalar)ning umumiy nomi.

GARMCHASHMA SVITASI

GARMCHASHMA SVITASI (Pomirdagi Garmchashma daryosi nomidan) — arxey erasining Vaxon seriyasiga mansub tog jinslari majmui. Geolog M. I. Rabkin Pomirdagi Shozdara tizmasida ajratgan (1941). Gneys, migmatit va qisman marmar toshdan … Read More

GAROV

GAROV, zakalat — 1) pul qarz olinganda qarz oluvchi uni qaytarib berishi kafolatiga qo’ygan mulki. Qarz to’lanmasa, mulk qarz beruvchi ixtiyoriga o’tadi; 2) biror narsa yoki hodisa haqida bahslashuvchi ikki … Read More

GARNE (GAMIER) JAN LUI SHARL

GARNE (GAMIER) JAN LUI SHARL (1825.6.11 – Parij – 1898.3.8 ) – Fransuz me’mori. Parijdagi nafis san’at maktabida o’qigan (1842-48). Eklektizm ruhidagi dabdabali inshootlar yaratgan (Parijdagi «Grand-Opera», 1861-75; Monte-Karlodagi opera … Read More