GARNIZON

GARNIZON (Fransuzcha qarnison; garner — ta’minlamoq, qurollantirmoq) — muayyan aholi punkti yoki ma’lum chegaraga ega rayonda doimiy yoki vaqtincha joylashadi harbiy qismlar, harbiy o’quv yurtlari va muassasalari majmui. Garnizondagi harbiy … Read More

GARRIK (GARRICK) DEYVID

GARRIK (GARRICK) DEYVID (1717.19.2, Xereford — 1779.20.1, eltron, London yaqinida) — ingliz aktyori. Yevropa teatrida ma’rifiy realizm asoschisi va sahna islohotchilaridan biri. Teatr jamiyatni tarbiyalovchi vosita deb hisoblagan. 1742-76 yillar … Read More

GASSER (GASSER) GERBERT SPENSER

GASSER (GASSER) GERBERT SPENSER (1888-1963) — Amerika fiziologi. Nerv tolalaridagi bioelektr potentsiallarini elektron ossillograf yordamida tadqiq qilgan. Nobel mukofoti laureati (1944; J. Erlanger bilan hamkorlikda).

GASTRO

GASTRO…, gastr… (Yunoncha gaster — me’da, oshqozon, qorin) — qo’shma so’z bo’lagi; me’daga daxldorlikni bildiradi (masalan, gastroenterit, gastrit va boshqalar)

GASTRONOM

GASTRONOM (gastro… va nomos — qonun) — sovuq yengil taomlar va alohida usulda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazin. Katta savdo zali bo’lgan va turli oziq- ovqat mahsulotlari bilan … Read More

GVALIOR

GVALIOR (Gvaliyar, Gvaliur) — Shimoliy Hindistondagi knyazlik (1948 yilgacha). 1948-56 yillarda Madhya-Bharat knyazliklari Ittifoqida bo’lgan. 1956 yildan Gvalior hududi — Madhya-Lradesh shtatining bir qismi.

GVATEMALLAR

GVATEMALLAR — xalq, Gvatemalaning asosiy aholisi (5,6 million kishi). Umumiy soni 5,7 million kishi (1990-yillar o’rtasi). Asosan ispan-indeys metislari (ladino). Ispan tilining gvatemal lahjasida so’zlashadilar. Dindorlari — asosan katoliklar.

GVIANA OQIMI

GVIANA OQIMI – Janubiy Amerikaning shimoliy – Sharqiy qirg’oqlari yaqinidagi iliqoqim (Atlantika okeanida), Janubiy Passat oqimining tarmog’i. Sanroki burnidan (Braziliyada) boshlanib, Gviananing shimoliy-g’arbiy qirg’oqlaridan o’tadi va shimoliy Passat oqimiga qo’shilib … Read More

GVINEYA OQIMI

GVINEYA OQIMI – Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’i shimoliy qismidagi iliq oqim; yozda Passatlararo (Ekvatorial) ters oqim bilan, qishda Kanar oqimi tarmog’i bilan qo’shiladi. Yillik o’rtacha temperaturasi 26 — 27°, sho’rligi … Read More

GEBA

GEBA — yunon mifologiyasida abadiy yoshlik xudosi, Zevs va Geraning qizi, xudolar bazmida soqiylik qilgan. Geraklning xotini.