JIRO

JIRO (italyancha giro — muomala, o’tkazma), jirocheklar — mijozning o’z hisob varag’idan muayyan pul miqdorini boshqa bir shaxs hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risida bankka bergan yozma buyrug’i.

JIRAF

JIRAF (lotincha Camelopardalis) — yulduzlar osmonining shimoliy qutbga yaqin joylashgan katta yulduzlar turkumi. Belgisi Cam. Eng yorug’ yulduzi 4,0 vizual yulduz kattaligida. Kursi, Tsefey, Kichik ayiq, Ajdar, katta ayiq, silovsin, … Read More

JIR

JIR, yir — bir qancha turkey xalqlarda qo’shiq, she’r ma’nosini anglatuvchi tushuncha. Tatarlarda umuman xalq qo’shiqlari, qozoq va qoraqalpoqlarda syujet asosiga qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar Jir deb ataladi.

JINS

JINS (musiqada) — o’tmish Sharq musiqa ilmida bir nechta bo»dlar qo’shilishidan xrsil bo’ladigan musiqa tovush qatori. Asosan 4 va 5 pog’onali guruhlarga ajratiladi; 3, 6-7 pog’onali ham bo’lishi mumkin. Jamlar … Read More

JINS

JINS (geologiyada) — muayyan belgi va xossalarga ega bo’lgan struktura, modda (Masalan, tog’ jinslari).

JILG’A

JILG’A, yilg’a — uncha baland bo’lmagan tog’yon bag’irlarida qor-yomg’ir suvlari hamda buloqlardan vujudga kelgan oqar suvlar, kichik soy, daryocha. O’rta Osiyoda ko’pgina Jilg’alar yozda qurib qoladi. Tarixiy manbalarda (chunonchi «Boburnoma»da) … Read More

JENSHEN

JENSHEN (Panax ginseng) — araliyadoshlarga (Araliceae) mansub ko’p yillik o’t. Sharqiy Osiyo, Xitoy va Koreyada tabiiy holda o’suvchi qadimgi o’simlik. Juda qadimdan dorivor o’simlik sifatida ma’lum (ildizidan olingan preparatlar organizmning … Read More

JILOV

JILOV, tizgin — ot yoki eshak yuganining ikki tomonidan suvluq halqalarga ulanib, ikki uchi tugib birlashtirilgan qayish. Har bir bo’lagining uzunligi 1 — 1,5 metr bo’ladi. Jilovdan ot va eshakni … Read More

JILO

JILO — metall (oltin, kumush, mis, bronza, temir) yoki yog’och buyumlar, ipak matolar yuzidagi yaltiroqlik. Buyumlar yuzini jilvir bilan ishqalash, sirtga maxsus moy surkash, mato (adras, atlas) ni kudunglash (kudung— … Read More