ASINXRON GENERATOR

ASINXRON GENERATOR – generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator harakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yunalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generatoroning … Read More

ASIMPTOTIK CHIZIQ

ASIMPTOTIK CHIZIQ – sirt ustidagi chiziq; uning normal egriligi nolga teng. Bu chiziqning har bir nuqtasidagi yopishma tekislik sirtning shu nuqtasidan o’tuvchi urinma tekislik bilan ustma-ust tushadi. Sirtning har bir … Read More

ASIMPTOTIK IFODA

ASIMPTOTIK IFODA – f(x) funktsiya approksimasiyasining bir turi. Yoyilmaga qo’shimcha hadlarni qo’shish yordamida aniqroq Asimptotik ifoda hosil qilish mumkin. Natijada funktsiyalar chekli yoki cheksiz asimptotik qatorlarga yoyiladi. Agar funktsiya yoyilmasidagi … Read More

ASIMPTOTA

ASIMPTOTA (Yunoncha asymptotos — mos kelmaydigan) — egri chiziq nuqtasi uzoqlasha borganda egri chiziqqa yetarli darajada yaqin bo’ladigan to’g’ri chiziq.

ASIMMETRIK SINTEZ

ASIMMETRIK SINTEZ – optik jihatdan sust va disimmetriya (qo’sh simmetriya) markazi bo’lmagan birik-malardan optik faol birikmalar hosil qilish usuli. Asimmetrik sintez boshqa optik faol birikma yoki biror disimmetrik omil ta’siridagina … Read More

ASIMMETRIK MOLEKULA

ASIMMETRIK MOLEKULA – simmetriya tekisligi va markaziga ega bo’lmagan molekula. Molekulaning asimmetrikligiga uning tarkibidagi asimmetrik uglerod atomi sabab bo’lishi mumkin. Bunday molekulada asimmetrik uglerod atomi bo’lmasa ham, u butunlay asimmetrikligi … Read More

ASIMMETRIK ATOM

ASIMMETRIK ATOM – to’rtta har xil atomlar yoki guruhlar bilan birikkan uglerod atomi. Boshqa elementlar (masalan, Si, N, R, Av) ning atomlari ham asimmetrik bo’lishi mumkin. Asimmetrik atomga birikkan atomlar … Read More

«ASIL VA KARAM»

«ASIL VA KARAM» — xalq dostoni. Turkiylarning o’g’uz guruhiga mansub qavmi orasida aytib kelingan. Ayniqsa, Xorazm vohasida mashhur, shuningdek Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Kurdiston va Iroqda ham ma’lum. «ASIL VA … Read More

ASIDOL

ASIDOL — suvda erimaydigan, o’tkir hidli to’q jigarrang, moysimon suyuqlik. Neftning ishqoriy qoldiqlarini sulfat kislota bilan parchalab olinadi. Asidol moy asosidagi loklar ishlab chiqarishda erituvchi, emulgator, sovun ishlab chiqarishda o’simlik … Read More