BURUNAKI

BURUNAKI — 1) dorivor, narkotik va shu kabi moddalarni davo (ingalyatsiya) maqsadida yoki kayf qilish uchun iskash; 2) shu maqsadda qo’llaniladigan moddalarning umumiy nomi.

BURUN QONASHI

BURUN QONASHI — burun bo’shlig’idan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (masalan, gripp) Burun qonashiga sabab bo’ladi. Yurak, … Read More

BURUN

BURUN — odam va umurtqali hayvonlar nafas yo’llarining boshlang’ich qismi va hid bilish a’zosi. Ovoz chiqarish va so’zlashda resonator vazifasini o’taydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi); tashqi Burun, burun … Read More

BURTASLAR

BURTASLAR — O’rta va quyi Volga bo’yidagi qabilalar uyushmasi (5-11-asrlar). Burtaslarning aynan qaysi qabilalardan tashkil topganligi noma’lum. Burtaslar Arab jug’rofiy va tarixiy manbalarida 10-asrdan, rus solnomalarida esa 13-asrdan tilga olinadi. … Read More

BURSIT

BURSIT (Yunoncha bursa — xaltacha) — bo’g’im shilliq xaltachasining (bo’g’im atrofidagi va ayrim suyak bo’rtmalari ustidagi) yallig’lanishi. Haroratning ko’tarilishi va xaltachada suyuqlik (ekssudat) to’planishi bilan kechadi. Kasallikning kechishiga ko’ra o’tkir, … Read More

BURSA

BURSA, Brusa — Turkiyaning shimoli g’arbidagi shahar. Bursa elining ma’muriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Muhim savdo sanoat markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, tsement, yog’ochsozlik … Read More

BUROQ

BUROQ (Arabcha, «yarqiroq», «barq» so’zidan) — Islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qur’oni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad (sav) uni minib Makka shahridan «tungi sayr»da me’rojga chiqqan. … Read More

BUROV SUYUQLIGI

BUROV SUYUQLIGI (Liquor Burovi) — sirka alyumipatning 8% li eritmasi. Rangsiz, tiniq, chuchmal suyuqlik, bir oz sirka hidi keladi. Tarkibida achchiqtosh (46,5 qism), kaltsiy karbonat (14,5 qism), suyultirilgan sirka kislota … Read More

BUROV

BUROV — asov otni taqalash vaqtida otning yuqori labiga sirtmoq solib, bir kishi tortib turadigan asbob. Uchiga sirtmoq bog’langan, uzunligi 60 santimetrcha, yug’onligi 3 santimetrcha keladigan tayoqdan iborat. Ot tipirchilaganda … Read More

BURNONIT

BURNONIT (frantsuz mineralogi J. L. Burnon nomidan) — murakkab sulfidlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CuPbSbS3. Ba’zantemir(5%gacha) va kumush (3% gacha) qo’shimchalari bo’ladi. Rombik sistemada kristallanadi. Rangi po’latsimon kulrangdan … Read More