ANTROPO…

ANTROPO… (Yunoncha anthropos — odam) — odamga aloqador ekanlikni bildiruvchi yasama so’z tarkibiy qismi (masalan, antropologiya, antropometriya).

ANTRESOL

ANTRESOL (Fransuzcha entresol) — 1) yuqori va past qavat qilib ikkiga bo’lingan baland xonaning ustki qismi, yuqoridagi yarim qavati; 2) 18-asr oxiri va 19-asr birinchi yarmida qurilgan chorbog’ va dang’illama … Read More

ANTREPRENYOR

ANTREPRENYOR (Fransuzcha entrepreneur — tomoshaxona egasi) — xususiy tomoshaxona (teatr, tsirk va boshqalar) egasi, ijarachisi. Chet ellarda menejer, impressario, prodyuser deb ham yuritiladi.

ANTRE

ANTRE (Fransuzcha entree — kirish, sahnagachiqish) — 1) Yevropada—o’rta asrlarda maxsus kiyingan qahramonlarning musiqa, ashula va raqs jo’rligida ziyofat yoki bal kechalariga raqsga tushib kirishi; mehmonlarning tantanavor yurib zalga chiqishi; … Read More

ANTRASIT

ANTRASIT (Yunoncha anthrakitis — ko’mir turi) — kuchli metamorflashgan qazilma ko’mir. Toshko’mirlar jumlasiga kiradi. Qora, yaltiroq, ba’zan kulrang va sarg’ish tusda tovlanadi. Mineralogik shkala bo’yicha qattiqligi 2,0 — 2,5, organik … Read More

ANTRATSEN MOYI

ANTRATSEN MOYI – toshko’mir smolasining 270 — 360° da qaynaydigan fraktsiyasi, suvdan og’ir, yashil suyuqlik. Uning 20 — 30% ni antratsen tashkil etadi. Antratsen moyida sintetik bo’yoqlar olish uchun kerakli … Read More

ANTRATSEN

ANTRATSEN, — kondensirlangan uchta benzol yadrosidan iborat aromatik uglevodorod. Molekulyar modda 178,24. Rangsiz kristall, eritma va suyuqlikda saqlanib qoluvchi binafsha rangda fluoressentsiyalanadi (tovlanadi). Suyuqlanish temperaturasi 216°, qaynash temperaturasi 342°. Antratsen … Read More

ANTRAXINON BO’YOQLAR

ANTRAXINON BO’YOQLAR – antraxinon yoki uning hosilasidan olingan polisiklik bo’yoqlar. Antraxinon bo’yoqlar kimyoviy barqarorligi, rangining yorqinligi va yorug’likka nisbatan mustahkam bo’lganligi tufayli keng tarqalgan. Ular jun, ipak, sun’iy tolalar (kapron, … Read More

ANTRAXINON

ANTRAXINON (Yunoncha anthrax — ko’mir va hina — kechua xindulari tilida — xinon daraxti po’stlog’i), S14N8O2 — aromatik keton; molekulyar modda 208,20, sarg’ish kristall; suyuqlanish temperaturasi 287°, qaynash temperaturasi 377°. … Read More

ANTRANIL KISLOTA

ANTRANIL KISLOTA, o-aminobenzoy kislota, rangsiz kristall. Molekulyar modda 137,14. Suyuqlanish temperaturasi 145°. Issiq xloroform, etanol va piridinda yaxshi eriydi. Haydalganda karboksil guruhini yo’qotib anilinga aylanadi. Eritmalari shirin bo’lib, ko’k fluoressentsiyalanish … Read More