AMPER QONUNI

AMPER QONUNI – bir-biridan muayyan masofada joylashgan o’tkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning o’zaro mexanik ta’siri haqidagi qonun. Amper qoidasidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tokli parallel o’tkazgichlar … Read More

AMPER QOIDASI

AMPER QOIDASI, chap qo’l qoidasi — magnit maydoniga kiritilgan o’tkazgichdan tok o’tganda unga ta’sir etuvchi mexanik kuch yo’nalishini aniqlaydigan qoida. Agar chap qo’lni magnit maydon kuchlanganligi kaftga tomon yo’naladigan qilib, … Read More

AMPER TEOREMASI

AMPER TEOREMASI – berk (aylanma) chiziqli tok magnit maydonining tegishli magnit yaproqchasi (qo’sh qatlam hosil qiluvchi magnit dipollar) maydoniga ekvivalent ekanligini ifodalaydigan teorema. 1820 yilda A. Amper tomonidan tavsiflangan.

AMPER

AMPER (Ampere) Andre Mari (1775.22.1, Lion -1836.10.6, Marsel) — frantsuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1814), Parijdagi normal maktab professori (1824). 1820 yilda elektr toklarining o’zaro mexanik … Read More

AMPELOTERAPIYA

AMPELOTERAPIYA (Yunoncha ampelos — uzum va terapiya), uzum bilan davolash — uzum yoki uning sharbatini ko’p miqdorda iste’mol qilib davolanish; parhez bilan davolash (dietoterapiya) usuli. Suv va mineral tuz almashinuvini … Read More

AMPELOGRAFIYA

AMPELOGRAFIYA, tokshunoslik (Yunoncha ampelos — uzum va grafiya) — tok turlari va navlarini o’rganadigan fan. «Ampelografiya» terminini birinchi marta polyak tabiatshunosi F. Ya. Saks (1661) qo’llagan. Ampelografiyaning ilmiy asoslarini ispan … Read More

AMPEL O’SIMLIKLAR

AMPEL O’SIMLIKLAR (nemischa ampel-osma gultuvak) — gultuvaklarda o’stiriladigan, poyasi osilib turadigan, gul va barglari chiroyli xona o’simliklari (salsabil, nastursiya, plyushch va boshqalar).

AMORF HOLAT

AMORF HOLAT — moddaning kondensatlangan holati. Atom va molekulalar tartibsiz joylashganligi tufayli moddaning fizik xossalari izotrop (barcha yo’nalishlarda bir xil) bo’lishi bilan ifodalanadi. Moddaning kristall holatidan farqli ravishda bunda qattiq … Read More

AMORF TILLAR

AMORF TILLAR (Yunoncha amorphous — shaklsiz) — affikslar bilan so’z yasalishi va so’z o’zgarishi bo’lmagan tillar. So’zlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi so’zlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda Amorf tillar kamchilikni … Read More