«O’ZBEKISTONIYA»

«O’ZBEKISTONIYA» — Quyosh atrofida elliptik orbita bo’ylab harakatlanuvchi kichik sayyoralardan biri. Mars va Yupiter orbitalari oralig’ida joylashgan. 20-asr 40-yillari boshida kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan rus olimi G.N.Neuymin kashf qilgan.

«O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY FANLAR»

«O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY FANLAR» («Obshestvennoye nauki v Uzbekistane») — O’zbekiston faning ijtimoiy-gumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Toshkentda yiliga 6 marta o’zbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. Dastlab (1957-60) … Read More

O’ZBEKISTON QO’G’IRCHOQ TEATRI

O’ZBEKISTON QO’G’IRCHOQ TEATRI, Respublika qo’g’irchoq teatri — respublika maqomidagi etakchi davlat qo’g’irchoq teatri. Rasman o’z faoliyatini 1939 yil noyabr oyidan boshlagan. Ungacha Xalq qo’g’irchoqbozi Po’latjon Doniyorov rahbarligida kichik truppa tashkil … Read More

O’YUVCHI

O’YUVCHI ishqorlar ishqoriy metallarning suvda yaxshi eriydigan gidroksidlari. Masalan, o’yuvchi natriy Iaon, o’yuvchi kaliy kon. Ko’pgina materiallarni, shilliq parda va terini o’yish xossasiga ega («o’yuvchi» nomi shundan). Sanoatning turli sohalarida … Read More

O’SH TEATRI

O’SH TEATRI, Bobur nomidagi O’sh o’zbek akademik teatri — O’rta Osiyodagi keksa teatrlardan biri. Dastlab dramatik truppa sifatida tashkil topgan. Jamoa 1929 yil professional teatr maqomiga ega bo’lgan. Tashkilotchilari Beknazar … Read More

O’SH VILOYATI

O’SH VILOYATI — Qirg’iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939 yil 21 noyabrda tashkil qilingan. O’sh viloyati respublikaning Janubiy g’arbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 29,2 ming kilometr kvadrat. … Read More

BOBOXONOV ABDULLA BOBOXONOVICH

BOBOXONOV ABDULLA BOBOXONOVICH (1910.8.2, Qirg’izistondagi To’qmoq shahri -1990.10.6, Moskva) — me’mor, Xalq me’mori (1970). O’rta Osiyo industrial institutini bitirgan (1933). «Toshkent shahri loyihalash idorasi»da bosh me’mor (1938-44), O’zbekiston Me’morlar uyushmasi … Read More

BOBOTOG’

BOBOTOG’ — Surxondaryo viloyatining sharqidagi tog’ tizmasi. O’zbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasida, Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oralig’ida shimoli sharqdan Janubi g’arbga tomon Amudaryo sohiligacha cho’zilgan. Uzunligi qariyb 125 kilometr, eni … Read More

BOBOSURXOK TOG’LARI

BOBOSURXOK TOG’LARI — Hisor tog’tizmasining Janubiy g’arbiy tarmoqlaridan biri. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tuman i xududida. Eng baland joyi — 1790 metr, o’rtacha balandligi 1500— 1600 metr. Shimoli sharqdan Janubi g’arbga … Read More