Sochma (sochiluvchan)
Sochma (sochiluvchan) – 1) sochilish (to’kilish) qobiliyatiga ega; 2) bir-biriga bog’lanmagan, bo’shashgan mayda zarralar to’plami.

Sochma (sochiluvchan) – 1) sochilish (to’kilish) qobiliyatiga ega; 2) bir-biriga bog’lanmagan, bo’shashgan mayda zarralar to’plami.
Soxtakor – qalbaki ish ustasi.
Soplo – konus shaklidagi naycha.
Sop (dasta, tutqich) – 1) qo’l asbobi, qurolni ushlab turuvchi qismi; 2) harakat qilish, aylantirish va hokazolar uchun qo’l bilan olinadigan mexanizm, qurilma qismi. Masalan: bolg’a sopi, ishga tushirish dastasi … Read More
Solqiliq (osilib turish) – to’g’ri miqdorga qarshi vazn yetishmasligi. Masalan: tasmaning solqiligi, simlarning solqiligi.
Solishtirma – jism va hodisalarni biror narsaga nisbatan o’lchashga oid.
Sokol – suvoqchilik asbobi.
Soylik (pastlik, jarlik) – chiziqli cho’zilgan, ochiq, sayoz relyefli depressiya.
Sozlovchi – qurilmalar, avtomatik liniyalar, komplekslar va kompleks uskunalar tizimlarini foydalanishga tayyorlovchi mutaxassis.
Sozlash (rejalash, o’rnatish ma’nosida) – biror narsaning to’g’ri joyda bo’lishiga yordam berish; o’rnatish. Masalan: poydevor o’rnatish.