AMAL ZIRASI

AMAL ZIRASI (Arabcha, zira al-amal) — Misrda Hoshimiy zirasiga mos qadimgi uzunlik o’lchovi; qiymati o’rtacha 66,5 santimetrga teng bo’lgan.

AMAL

AMAL (Arabcha — ish, faoliyat, harakat) — 1) mansab, lavozim, hunar; 2) me’morlikda ko’pincha eski imoratlarda me’mor yoki ustaning dastxati shu so’z b-n boshlanadi. «Amali Usto…» kabi; 3) hisoblashdagi to’rt … Read More

AMAZONKALAR

AMAZONKALAR – 1) qadimiy yunon afsonalaridagi jangchi ayollar. Rivoyatlarga ko’ra, Amazonkalar Kichik Osiyoda va Azov dengizi qirg’oqlarida yashagan va naslini saqlash maqsadida qushni qabila erkaklari bilan yilda bir marotaba jinsiy … Read More

AMAZONKA PASTTEKISLIGI

AMAZONKA PASTTEKISLIGI -Janubiy Amerikada, yer sharidagi eng katta paettekislik. Maydoni 5 million kilometr kvadratdan ziyod. Gviana tog’ligi bilan Braziliya tog’ligi oralig’ida, And tog’laridan Atlantika okeanigacha cho’zilgan. Janubiy Amerika platformasining sineklizasi … Read More

AMAZONKA

AMAZONKA — Janubiy Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi o’rinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming kilometr, Ukayali irmog’i bilan taxminan 7 ming kilometr) Nil daryosidan keyin ikkinchi … Read More

AMAZONIT

AMAZONIT (Amazonka toshi) — mineral, mikroklinning havorang turi. Pegmatitlar va ba’zi granitlarda uchraydi. Amazonit — ziynat toshi.

AMAZONAS

AMAZONAS, Amazonka — Braziliyaning eng yirik, lekin aholi siyrak shtati. Mamlakatning shimoliy-g’arbida. Maydoni 1567,9 ming kilometr kvadrat, aholisi 21,1 million kishi (1991). Ma’muriy markazi va yagona yirik shahri — Manaus. … Read More

AMADU

AMADU (Amado) Jorji (1912.10.8) — Braziliya yozuvchisi. «Karnaval mamlakati» (1931) nomli ilk romanida shahar ziyolilari va mulkdorlari hayotidagi salbiy hodisalarni hajv qilsa, «Kakao» (1931), «Ter» (1933) romanlarida batraklar va ishchilar … Read More

AMAGASAKI

AMAGASAKI — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining Janubiy sohilida, Osaka qo’ltig’i sohilidagi port. Aholisi 498 ming kishi (1991). Osaka-Kobe industrial rayonining muhim sanoat markazi. Metallurgiya, mashinasozlik, aviatsiya, kimyo, to’qimachilik, keramika, tsement, … Read More