AKROSTIX

AKROSTIX (Yunoncha akrostichis, akros -chekka va stichos — satr) — she’r turi. Har bir satr bosh harfidan (tepadan pastga qarab o’qilganda) biror ism (so’z yoki ibora) kelib chiqadi.

AKROSOMA

AKROSOMA (Yunoncha akron — cho’qqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi g’ilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urug’lanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobig’ini yemiradigan gialuronidaza fermenti bo’ladi.

AKROPOL

AKROPOL (Yunoncha akros — yuqori, polis — shahar) — yunon shaharlarining muhofazalangan va balandlikka joylashgan qismi, yuqori shahar. Afina Akropolining qadimgi mudofaa devorlari miloddan avvalgi 2 – ming yillikka oid. … Read More

AKROPETAL RIVOJLANISH

AKROPETAL RIVOJLANISH (Yunoncha akron — cho’qqi, balandlik, lotincha petere — intiladi) — o’simliklardagi organlar yoki yon shoxlar eng yosh qismlarining pastdan yuqoriga qarab ma’lum tartibda birin-ketin o’sishi yoki rivojlanishi.

AKRON

AKRON — AQSh shimoli-sharqidagi shahar, Ogayo shtatida. Aholisi 223 ming kishi (1990), shahar atrofi bilan birga 690 ming. Transport yo’llari tuguni. Metallsozlik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, kimyo, shina, poligrafiya korxonalari, universitet bor. … Read More

AKROMOV

AKROMOV Toshxo’ja (1936.23.5, Toshkent) —kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955— 62), «O’zbekfilm»da rejissyor yordamchisi, rejissyor (1962-68), «O’zbektelefilm»da rejissyor (1968-79), … Read More

AKROMEGALIYA

AKROMEGALIYA (Yunoncha akros — oyoq-qo’l va megos — katta) — miya ortig’i (gipofiz) o’sish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning laboratoriya, burun, pastki va yuqori … Read More

AKROLEIN

AKROLEIN (propenal, akril aldegid), — to’yinmagan alifatik aldegid, o’tkir hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik; suyuqlanish temperaturasi 86,5 dan 88° gacha, qaynash temperaturasi 52,7°. Akrolein laboratiya sharoitida gliseringa kaliy bisulfat, fosfat kislota … Read More

AKROBATIKA

AKROBATIKA (Yunoncha akrobotes — oyoq uchida yuraman, yuqoriga chiqaman) — 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan … Read More

AKRILONITRIL

AKRILONITRIL, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 83°, qaynash temperaturasi 77,3°. Organik erituvchilarning ko’pchiligida eriydi. Suv bilan 70,5—70,7° da qaynaydigan azeotrop aralashma hosil qiladi. Akrilonitrilni saqlashda uning polimerlanish va yonuvchanlik xossalarini e’tiborga … Read More