Namlikka chidamlilik (namlikka ustuvorlik)
Namlikka chidamlilik (namlikka ustuvorlik) – davriy ho’llanish va qurishda, qurilish ashyolarining uzoq muddatga namlikdan buzilishga qarshilik ko’rsatish xususiyati.

Namlikka chidamlilik (namlikka ustuvorlik) – davriy ho’llanish va qurishda, qurilish ashyolarining uzoq muddatga namlikdan buzilishga qarshilik ko’rsatish xususiyati.
Namlikka chidamli gipsokarton listlar – old va orqa yuzalarida namlikning kirib borishiga qarshilik ko’rsatadigan gips tolali listlar.
Namlikdan himoyalanish – bino va inshootlarning yer osti qismini ortiqcha namlikdan himoya qilish, shuningdek, bu maqsadda qo’llaniladigan vositalar.
Namlik o’lchagich – mutlaq namlik miqdorini gaz yoki qattiq materialni butun massasining foizi sifatida o’lchaydigan qurilma, ko’pincha havo namligini o’lchash namlik o’lchagichlarning turlaridan biri bo’lgan gigrometr yordamida amalga oshiriladi.
Namlik to’planishi – 1) tuproqda namlikning to’planishi; 2) namlikni to’plash choralari.
Namlik sig’imi – moddaning og’irlik yoki hajm birliklarida ifodalangan ma’lum miqdordagi namlikni singdirish va ushlab turish qobiliyati. Masalan: shimilgan namlik sig’imi, kapillyar namlik sig’imi, eng yuqori namlik sig’imi, eng past … Read More
Namlik ortiqchasi – belgilangan (ruxsat etilgan) normadan oshib ketadigan ortiqcha namlik ajralishi.
Namlik almashinuvi – inshootning bir qismi namligini atrofdagi havo bilan almashish jarayoni. Umumiy holatda namlik almashinuvi koeffitsienti haroratga, suv bug’ining elastikligiga, strukturaning yuzasi yaqinidagi havo harakatchanligiga bog’liq.
Namlik aylanishi – yer biosferasidagi suvning tsiklik harakati jarayoni. Bu suvning bug’lanishi, bug’ning havo oqimlari bilan o’tishi, ularning kondensatsiyasi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor va boshqalar) shaklida yerga qaytib tushishidan iborat.
Namlikni singdirish – materialning muayyan sharoitlarda (harorat, bosim, havo harakati) muhitdan namlikni singdirish xususiyati.