Namlikka chidamsiz
Namlikka chidamsiz – namlikka chidamli bo’lmagan naqshinkor devor qog’ozi faqat kirish yo’lagi va yashash xonalari devorlariga, bosma naqshli namlikka chidamli devor qog’ozi esa yo’laklar devorlariga yopishtiriladi.

Namlikka chidamsiz – namlikka chidamli bo’lmagan naqshinkor devor qog’ozi faqat kirish yo’lagi va yashash xonalari devorlariga, bosma naqshli namlikka chidamli devor qog’ozi esa yo’laklar devorlariga yopishtiriladi.
Namoyon (namoya) – atrofi hoshiya naqsh (zanjira, ruta) bilan o’ralgan tugallangan naqsh kompozitsiyasi.
Namozgoh – shahar tashqarisidagi saylgohda qurilgan masjid.
Namlik-harorat ko’rsatkichi – ma’lum turdagi yuklarni xavfsiz tashish uchun zarur bo’lgan yukxonalar va omborlarda havo harorati va namlikning optimal darajasi.
Namlikni yutish – materialning muayyan sharoitlarda (harorat, bosim, havo harakati) muhitdan namlikni yutish xususiyati.
Narvoncha (zinacha) – kichik narvon.
Namuna (nusxa ma’nosida) – biror narsaning sinov nusxasi. Masalan: beton namunasi, suvga to’yingan grunt namunasi, tekshiruv namunasi, tajriba namunasi, mezonga mos namuna va hokazolar.
Narsa (buyum) – muayyan ehtiyojga xizmat qiladigan narsa (asosan maishiy, mehnat faoliyati va boshqalar uchun), mahsulot. Masalan: uy-ro’zg’or buyumi.
Narx – pul birliklarida ifodalangan narsaning qiymati, mahsulot yoki xizmat uchun to’lash kerak bo’lgan pul miqdori. Bu bozor va raqobatchilarning marketing tadqiqotlari natijasidir.
Narxning istiqbol darajasi – qurilish mahsulotiga hisoblashni amalga oshirish mo’ljallanayotganda kelajak davr uchun bashoratlanadigan narx asosida aniqlanadigan narx.