Mablag’ ajratish (mablag’ sarflash)
Mablag’ ajratish (mablag’ sarflash) – foyda olish maqsadida sarmoya, kapital qo’yilmasi. Masalan: qurilishga mablag’ ajratish, qo’shimcha mablag’ sarflash va hokazolar.

Mablag’ ajratish (mablag’ sarflash) – foyda olish maqsadida sarmoya, kapital qo’yilmasi. Masalan: qurilishga mablag’ ajratish, qo’shimcha mablag’ sarflash va hokazolar.
Najdak – nozik va mayda to’q rangli tog’ jinsi, korund magnetit, mord, slyuda, shpinel, granat, kvarts, gemetit, pirit va boshqa minerallar aralashmasi. Abraziv materiallar sifatida ishlatiladi.
Navo – ship bilan devor orasidagi egik qism.
Navlilik (saralik) – nav bo’yicha muayyan sinfga mansublik (tovarlar, mahsulotlar haqida). Masalan: yog’och navliligi, g’ishtning navliligi va hokazolar.
Navlar majmui – har qanday bir xil mahsulot yoki materialla yig’indisi, har xil navlari, markalari, turlari, profillari va o’lchamlari majmui.
Navbat (ketma-ketlik) – muayyan ketma-ketlik, biror narsada navbatga rioya qilish. Masalan: qurilishning birinchi navbati.
Nav (xil) – 1) ma’lum sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan har qanday asl mahsulotning toifasi; 2) ko’rib chiqilayotgan to’plamda (aniq ko’rilayotgan sohada) farqlanishi mumkin bo’lgan nisbatan barqaror va mustaqil elementlar to’plami.
Obgir – suv olinadigan joy.
Payvandlab ulash – payvandlash yo’li bilan bo’laklarni ulash. Payvandlangan birikma payvandlash jarayonida hosil bo’lgan uchta xarakterli zonani o’z ichiga oladi: payvandlash zonasi, termoyadroviy zona va issiqlik ta’sir zonasi, shuningdek, metallning … Read More
Payvand choki valiki (metall konstruksiyalarning payvand choklari) – bir marta o’tish bilan eritish yoki qayta eritish bilan hosil qilinadigan payvand chokining metalli.