Payvand
Payvand – metall bo’laklarini eritish yoki bir-biriga birlashtirish, ulash, qurilma bo’laklari biriktirish.

Payvand – metall bo’laklarini eritish yoki bir-biriga birlashtirish, ulash, qurilma bo’laklari biriktirish.
Sajdagoh (ibodatgoh) – sajda qilinadigan joy; masjid, masjid mehrobi, ziyorat manzili.
Sayohatchilar qarorgohi – sayyohlarni joylashtirish, ovqatlanish va madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish uchun alohida bino yoki ularning majmuasi.
Sayozlik – daryo, ko’l, dengizdagi sayoz joy.
Sayoz – uncha chuqur bo’lmagan, yuzada joylashgan tub. Poydevor sayoz.
Sadaf – yaltiroq chig’anoq.
Sada – yog’ochi qurilishda keng ishlatiladigan qayrag’och turi.
Sad – to’siq, g’ov, devor, qal’aband devor. Saddi chiniy-Xitoy devori, Saddi Iskandar-Iskandar devori.
Sag’ana – qabr ustidagi qurilma, tosh. Tosh yoki pishiq g’ishtdan ikki yoni ravoqsimon qilib, ishlanadi. Koshin, o’yma naqshlar bilan bezatiladi va bir qatorli matnlar yoziladi.
Savmaa – xristianlar ibodatxonasi.