Korfarmon
Korfarmon – 1) qurilish maydonchasida o’rta bo’g’indagi boshliqning lavozimi; 2) ish boshqaruvchi, qurilish maydonchasidagi ishning bevosita rahbari.

Korfarmon – 1) qurilish maydonchasida o’rta bo’g’indagi boshliqning lavozimi; 2) ish boshqaruvchi, qurilish maydonchasidagi ishning bevosita rahbari.
Korroziyali yorilish – po’latning mo’rtlashishi buzilishi (shu jumladan, armaturali), orroziya muhiti va taranglovchi kuchlari (mexanik, qoldiq kuchlanish yoki temik) birgalikda ta’sir qilganda namoyon bo’ladi. Po’latning muhim ekspluatatsiya xarakteristikasi, po’latning mustahkamligi … Read More
Korroziyadan birlamchi himoyalanish – metallarni tanlash, qurilish materialini tayyorlashga qadar yoki konstruksiya ishlab chiqarish jarayonida ularning tarkibi yoki strukturasini o’zgartirish vositasida erishiladigan korroziyadan himoyalash.
Korroziyaga chidamliligining pasayishi – tsiklik o’zgaruvchan zo’riqishlar va korroziya muhiti ta’sirida metall yoki qotishmalar chidamlilik chegarasining pasayishi.
Korroziyaga sinash – qurilish materiallari, buyumi va konstruksiyalari yoki himoya qoplamalarini agressiv muhitda ularning korroziyaga chidamligi va (yoki) himoya xususiyatini aniqlash maqsadida sinash.
Korroziyaga qurilish materiallarining chidamliligi – qurilish materiali, mahsuloti yoki konstruksiyalarning ma’lum vaqt davomida agressiv muhit ta’siriga qarshilik ko’rsatishining nisbiy xususiyati.
Korroziya ingibitori – korroziyalangan muhitga kiritilganda (oz miqdorda) metall korroziyalanish tezligini sezilarli darajada kamaytiradigan modda. Betonda armatura korroziyasini oldini olish yoki korroziya tezligini pasaytirish uchun korroziya ingibitorini armaturaning himoya qoplamasiga … Read More
Korroziya (zang) – 1) yemirilish (zanglash), kimyoviy buzilish; 2) tashqi muhit bilan kimyoviy yoki fizik-kimyoviy o’zaro ta’sir yoxud materiallarning tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida materialning buzilish (yemirilish) jaryoni. Ta’sir … Read More
Korpus (bino, umumiy binoning bir qismi sifatida) – (lotincha: corpus-“tana, jism; bir butun”) 1) biror narsaning tashuvchi qobig’i; 2) bir necha bino qatoridagi alohida bino yoki binoning maxsus katta qismi; … Read More