Korgar
Korgar – ishchi, mardikor.

Korgar – ishchi, mardikor.
Koptaj inshooti – yer osti suvlarini yuzaga chiqish joyida ushlab qolish va yig’ish uchun inshoot.
Koordinata o’qlari (qo’zg’almas) – koordinatalar tizimini tashkil etuvchi chiziqlar. Abstsissa o’qi OX-gorizontal o’q, Ordinata o’qi OY-vertikal o’q.
Koordinatlar – geodeziyada yer yuzidagi nuqtaning yer ellipsoidi yuzasiga nisbatan o’rnini belgilovchi kattaliklar; kenglik, uzunlik, balandlik. Masalan: yuza (sirt) koordinatlari, to’g’ri burchakli koordinatlar, egri koordinatlar va hokazolar.
Konxa – binoning yarim tsilindrsimon qismi (apsidli, tokchali) ustidagi o’rayopma, yarim gumbaz shakliga ega.
Konussimon – konusga o’xshash.
Konus – ba’zi tekislik egri chizig’ining barcha nuqtalarini fazoda berilgan nuqta bilan bog’lovchi nurlar to’plamidan fazoda hosil bo’lgan sirt.
Kontrofors – 1) tirgak; 2) devorning tashqi tomonida joylashgan va raspor (vertikal yo’nalishda ta’sir qiluvchi kuchning gorizontal yo’nalishda tarqaladigan bosimi) qabul qiluvchi vertikal tirgak.
Kontgayka – o’z-o’zidan bo’shashmasligi uchun asosiy gaykaga qo’shimcha ravishda bolt yoki shpilkaga burab qo’yiladigan ikkinchi gayka.