Jiyak
Jiyak – bino bezagidagi hoshiya, tasma.

Jiyak – bino bezagidagi hoshiya, tasma.
Jism (tana) – fazoviy alohida ob’yekt, shuningdek, materiya, biron-bir modda bilan to’ldirilgan yoki yopiq sirt bilan chegaralangan fazoning bir qismi.
Jipslash – quvur yoki boshqa bosimli uskunaning mustahkamligi va mahkamligi (germetikligi) uchun gidravlik yoki pnevmatik sinovlar.
Jipslamoq (zichlamoq) – zichlashga yo’liqtirmoq, jipslab yasamoq.
Jilovxona – darvoza yonboshidagi maxsus xona, bostirma. Odatda ot, eshik bog’lanadigan joy.
Jilolamoq (sayqallamoq, yaltiramoq) – ishqalab, biror narsaga yaltiroq, silliq ko’rinish bermoq.
Jilo – pardoz ko’rki, sayqali, yaltiroqlik.
Jilvir – 1) yuzasi qum bilan qoplangan pardoz qog’ozi. Biror narsa yuzasini silliqlash, sayqal, jilo berish uchun ishlatiladi; 2) pardoz sifati.
Jarohat – tashqi ta’sir natijasida inson tanasi a’zolari va to’qimalarining anatomik yaxlitligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi tushuniladigan zarar.
Jarlik (pastlik, sayozlik, ko’llik ma’nosida) – daryo vodiysi havzasidan yuqori joylashgan va suv ko’tarilishi yoki toshqin paytida suv bosgan qismi.