Jarayon
Jarayon – 1) biror hodisaning borishi, rivojlanishi, uning rivojlanishidagi holatlarning ketma-ket o’zgarishi; 2) maqsadga erishishga qaratilgan harakatlarning takrorlanadigan ketma-ketligi.

Jarayon – 1) biror hodisaning borishi, rivojlanishi, uning rivojlanishidagi holatlarning ketma-ket o’zgarishi; 2) maqsadga erishishga qaratilgan harakatlarning takrorlanadigan ketma-ketligi.
Jamoatxona – ma’muriy, diniy, ommaviy binolardagi eng yirik xona, xonaqox, tolor. Ahmad Yassaviy (XV-asr) me’moriy kompleksi markazini ulkan jamoatxona tashkil etadi.
Jamoat xizmat ko’rsatish pog’onalari – aholining foydalanish takroriyligi negizi bo’yicha ajratiladigan xizmat ko’rsatish muassasalari guruhi.
Jamoat bino va inshootlar – aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish va ma’muriy muassasalar hamda jamoat tashkilotlarini joylashtirish uchun mo’ljallangan bino va inshootlar.
Yotqizuvchi (joylovchi, teruvchi, taxlovchi) – biror narsani yotqizish bilan shug’ullanuvchi ishchi.
Yoyish (yotqizish yotqizma, to’shama) – biror narsaga yotqizilgan doskalar (yoki boshqa materiallar)dan tayyorlangan sirt.
Yotqizish (g’isht) – ma’lum bir tarzda yotqizilgan va odatda, qurilish eritmasi bilan birga mahkamlangan, g’ishtdan yasalgan qurilish konstruksiyasini yotqizish turish.
Yotqiziq (qatlam) – cho’kishlar natijasida hosil bo’lgan tog’ jinsi. Masalan: qum-shag’al yotqizig’i, loy cho’kindi, tub cho’kindi, ohak qatlam, balchiqli cho’kindi qatlami va hokazolar.
Yotqizmoq (qalamoq, qoplamoq, bosmoq ma’nosida) – 1) biror narsa atrofiga biror narsani qo’ymoq; 2) biror narsani yaxlit massa bilan qoplamoq.
Yotqizmoq (o’tkazmoq ma’nosida) – qurish, bunyod etish (har qanday uzoq masofali ob’yekt, masalan, yo’l, kanal va boshqalar).