AVIATSIYA MAYOG’I

AVIATSIYA MAYOG’I — uchuvchiga kechasi va tuman vaqtlarida aerodromni ko’rsatib turuvchi signal qurilmasi. Ilgari (1938-40 yillarda) ikki xil: havo yo’li va aerodrom Aviatsiya mayog’i bo’lar edi. Havo yo’li Aviatsiya mayog’i bir-biridan 20-40 kilometr oraliqda o’rnatilar edi. Aerodrom Aviatsiya mayog’i bevosita aerodromning o’ziga o’rnatiladi. Quvvati 1,5 dan 3 kVt gacha cho’g’lanma lampalar Aviatsiya mayog’i uchun yorug’lik manbai vazifasini o’taydi. Aviatsiya mayog’i 60— 80 km naridan ko’rinib turadi. Hozir radionavigasiya rivojlanganligi munosabati bilan havo yo’li Aviatsiya mayog’i ishlatilmaydi.