AVITSENNIT

AVITSENNIT (Abu Ali ibn Sino nomiga qo’yilgan) — kam uchraydigan talliy minerali. Kimyoviy formulasi T12O3 (T1 – 79,5%). Qattiqligi 3-5. S. og’irligi. 10,2—10,4. Kub singoniyali. Kristallari mayda. Sinish yuzasi aniq emas. Rangi qora. Metalloidlar kabi o’ta yaltiroq. Avitsennit 1956 yilda dunyoda birinchi marta X. N. Karpova tomonidan Zirabuloq tog’larida (Uzumli qishlog’i yaqinida) oksidlanish zonasida temir-karbonatli ertomirdan topilgan. Silur davrining marmarlashgan va kvarslashgan ohaktoshlarida limonit, kaltsit, dolomit, ankerit bilan birga uchraydi.