Avom
Avom -1) omma, barcha kishilar, oddiy xalq degan ma’noni bildiradi; 2) ba’zan o’qimagan, nodon kishi ma’nosida ham ishlatilgan (masalan, Avom odam); 3) diniy masalalarda mujtahidlar kabi mustaqil hukm chiqarolmaydigan, balki taqlidchi-muqallid hisoblanuvchi kishilar guruhi.