“Avrora”

“Avrora” – 1903 yil ishga tushgan, 1905 yilda Tsusima jangida qatnashgan. 1917 yil 25 oktabr kechqurun zambarakdan paxtavon (o’qsiz) o’t ochib, Qishki saroyni shturm qilish haqida signal berdi. “Avrora” Baltika flotining Petrogradda 1917 yil Oktabr qurolli qo’zg’oloni vaqtida Qishki saroy va Markaziy telegrafni olishda, proletar revolyutsiyasining shtabi-Smolniyni qo’riqlashda qatnashgan kreyseri. Grajdanlar urushi yillarida u dushmanga qarshi jang qildi. “Avrora” 1923 yildan Ulug’ Vatan urushigacha Harbiy Dengiz floti uchun komandirlar tayyorlovchi maktab-ta’lim kemasi sifatida xizmat qildi. “Avrora”dan Ulug’ Vatan urushi yillarida Leningradni havo hujumidan saqlashda foydalanildi. U 1948 yil 17 noyabrdan boshlab Leningradda, Neva daryosi sohiliga yodgorlik sifatida qo’yildi. “Avrora”da Markaziy harbiy-dengiz floti muzeyi filiali tashkil etilgan. “Avrora” 1927 yil 2 noyabrda Qizil bayroq ordeni va 1968 yil 27 fevralda Oktabr revolyutsiyasi ordeni bilan mukofotlandi.