AVSTRALIYA ALP TOG’LARI

AVSTRALIYA ALP TOG’LARI – Avstraliyaning Janubiy-sharqidagi katta suvayirg’ich tizmaning eng baland va parchalangan qismi. Uzunligi qariyb 400 km, eni 150 km. Granit intruziyalari bo’lib-bo’lib yuborgan paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Balandligi 2230 metrgacha (Kossyushko tog’i, materikning eng baland cho’qqisi). Baland tog’larda to’rtlamchi davr muzliklarining izlari saqlangan. Tog’larning shimoliy-g’arbiy yon bag’ridan Avstraliyaning eng katta daryosi — Murrey boshlanadi. Avstraliya Alp tog’lari 1200 metr balandgacha evkalipt, daraxtsimon paporotnik o’rmonlari bilan qoplangan. Undan balandda qing’ir qiyshiq daraxtlar, butazorlar va Alp o’tloqlari bor.