AVSTRIYA MAKTABI

AVSTRIYA MAKTABI – iqtisodiy nazariyada 19-asrning 80-yillarida Avstriyada vujudga kelgan yo’nalish. Avstriya maktabi Vena universiteti professor K. Menger (1840— 1921) rahbarligida siyosiy iqtisodda qiymatning mehnat nazariyasita zid bo’lgan me’yoriy naflik nazariyasini olg’a surdi. Bu maktab yaratilgan ne’matlarning qiymati va narxini xaridorning iqtisodiy ruhiyati nuqtai nazaridan izohlaydi.