AVTODREZINA
AVTODREZINA, motodrezina – ichki yonuv dvigateli o’rnatilgan o’ziyurar temir yo’l vagoni. Asosan, temir yo’lning ta’mirlanayotgan qismiga odamlar va zarur materiallarni tashish uchun ishlatiladi. Izdan olib qo’ysa bo’ladigan va bo’lmaydigan, odam va yuk tashiydigan xillari bor. Avtodrezina 10-20 kishi, 10 tonnagacha yukni tashiy oladi, soatiga 120 kilometrgacha tezlik bilan yuradi. Yuk tashiydigan Avtodrezina kran bilan jihozlanadi.