AVTOGAMIYA
AVTOGAMIYA (Avto… va Yunoncha gamos — Qo’shilish) — 1) yuksak o’simliklar (donli ekinlardan — bug’doy, suli, arpa va boshqalar, dukkaklilardan — no’xat, loviya va boshqalar; butgullilar va chinniguldoshlarga mansub ko’pgina yovvoyi o’tlar) ning o’z-o’zidan changlanishi va urug’lanishi. 2) bir hujayrali organizmlar (diatom suvo’tlar, sporaliklar, ba’zi amyobalar) da ikki yadroning ko’shilishi natijasida o’z-o’zidan urug’lanish jarayoni. Bunda hujayra yadrosi ikkiga bo’linib, ajralib ketadi va yetilgach, yana qo’shiladi.