Avtokratiya

Avtokratiya (grekcha)-yakka hokimiyatchilik, mustabid hokimiyat, yakka shaxsning hech qanday qonun bilan, huquqiy normalar bilan cheklanmagan yagona hokimligi, davlat idora usullaridan biri. Qadimgi Sharq, Grek, Rim va Vizantiya quldorlik davlatlarida Avtokratiya qurol kuchiga asoslangan diktatura, feodalizm davrida absolyut monarxiya, imperialism davrida esa fashistlashgan siyosiy tuzum ko’rinishida namoyon bo’ladi. Avtokratiyada cheklanmagan oliy hokimiyat bir kishi qo’lida to’plangan va unda shaxsiy o’zboshchilik bo’lib, vakillik muassasalari bo’lmaydi, davlat markazlashgan harbiy-byurokratik mashinadan iborat bo’ladi.