AVTOMAT SHLAGBAUM

AVTOMAT SHLAGBAUM – temir yo’lning avtomashina, traktor va ot-aravalar kesib o’tadigan joylarida qatnov xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladigan qurilma. Transport o’tadigan joyning har ikki tomoniga temir yo’l izidan kamida 10 metr nariga o’rnatiladi. Quyidagi qismlardan iborat: machta (minora), to’sin, to’sinni harakatga keltiruvchi mexanizm, signal chiroklari, ovoz signali, yo’l ko’rsatkich taxtachalar, posangi. Poyezd transport o’tadigan joyga yaqinlashganda Avtomat shlagbaum o’z-o’zidan ishlaydi va yo’lni berkitadi, poezd ma’lum masofaga uzoqlashgandan keyin yo’lni ochadi.