AVTOMOBIL POYEZDI
AVTOMOBIL POYEZDI (avtopoyezd) — bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil. Yuk va yo’lovchilar Avtomobil poyezdlari bo’ladi. Yuk ortiladigan tirkamalarning oddiy va maxsus kuzovli xillari bor. Maxsus kuzovli tirkamalarga tsisternalar, refrijeratorlar, sovitkichli tirkamalar, o’zi ag’dargichlar va boshqalar kiradi. Avtomobil poyezdi tirkamali, yarim tirkamali va uzun yuklar uchun mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Tirkamalar 1,2,3,4 o’kdi bo’lib, avtomobilga to’g’ridan-to’g’ri tirkaladi; yarim tirkamada oddingi o’q bo’lmaydi, old qismi shatakchi avtomobilning maxsus tayanchiga mahkamlanadi.