Avtoxton

Avtoxton (yunoncha autochton-mahalliy, tub)-arxeologiyada mahalliy hududda yuzaga kelgan madaniyatga nisbatan ishlatiladigan atama. Yunon yodgorliklarida mamlakatning azaldan shu yerda yashab kelgan aholi Avtoxton deb nomlangan.