Avurta

Avurta (turkcha)-ota-onasidan yetim qolgan go’daklarni boqib, tarbiyalab voyaga yetkazuvchi ayol, enaga. Avurta XI-XIV asrlarga oid eski turkiy yozma obidalarda, xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Nosiruddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarlarida qayd etilgan.