Axaltaka ot zoti nimani anglatishini bilasizmi

Axaltaka ot zoti nimani anglatishini bilasizmi – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Xalq seleksiyasida Turkmaniston janubidagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib o’tadi). Axaltaka ot zotining to’shi tor, sag’risi ixcham va cho’zinchoq, oyoqlari nozik, chiroyli, terisi yupqa va taqir. Aksariyat hollarda to’riq, ko’k va saman tusda bo’ladi. Sof zot otlar ichida o’zining ko’rkamligi va harakatchanligi bilan ajralib turadi. Ayg’irlarining qarchig’ayigacha balandligi 157 santimetr (ayrim hollarda 160-165 santimetr), ko’krak qafasi aylanasi 19 santimetr. Asosan Turkmaniston va Qozog’istonda, O’zbekiston, Tojikistonda boqiladi. Axaltaka ot zoti ishtirokida ko’pgina chopqir ot zotlari chiqarilgan.

Fikr bildirish