AXBOROT
AXBOROT — 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o’rtasidagi muzoqaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to’g’risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat o’rtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi Axborot odatda qo’shma Axborot deb ataladi; 2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (masalan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, O’zbekiston Respublikasi test markazining axboroti va boshqalar).