AXBOROT AGENTLIKLARI

AXBOROT AGENTLIKLARI — matbuotda nashr etish, radio va televideniya orqali uzatish uchun axborotlarni to’plash va tarqatish bilan shug’ullanuvchi tashkilot. Maqomiga ko’ra: hukumat agentliklari, kooperativ, xususiy, jamoatchilik agentliklari mavjud. Tarqatiladigan axborot xajmi va faoliyat ko’lamiga ko’ra – Jahon Axborot agentligi (inglizlarning Reyter, fransuzlarning AFP); mintaqaviy va milliy Axborot agentliklari mavjud.