AYLANA
AYLANA — tekislikda hamma nuqtalari belgilangan nuqtadan barobar uzoqlikda yotgan yopiq egri chiziq. Belgilangan nuqta Aylana markazi, markazdan Aylana nuqtasigacha masofa Aylana radiusi deyiladi. Markazlari umumiy, radiuslari har xil Aylanalar kontsentrik aylanalar deb ataladi. Aylana ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma Aylana vatari, markazdan o’tuvchi vatar Aylana diametri deb ataladi. Uchi Aylana markazida, tomonlari radiusdan iborat burchak Markaziy deyiladi. Aylana bo’laklari Aylana yoyi deb ataladi. Aylana tushunchasi faqat tekislikda emas, ixtiyoriy silliq sirtlar o’rtasida ham qaralishi, bunda uning shakli murakkab bo’lishi mumkin.