AYLANMA

AYLANMA, girdob — dengiz, daryo, anhor va shu kabi suvining ust qismida sodir bo’ladigan uyurma harakat. Aylanma ko’pincha qarama-qarshi oqimlar to’qnashadigan joyda ro’y beradi. Daryo va anhorlardagi Aylanma o’zanning tuzilishiga, uning tubida toshlar mavjudligiga va boshqa omillarga bog’liq.