AYOZ QAL’A
AYOZ QAL’A — milodiy 2-4-asrlarga oid uchta qal’a xarobasidan iborat arxeologik yodgorliklar majmuasi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan. Ayoz qal’ani Xorazm arxeologiya etnografiya ekspedisiyasi topib (1937), unda arxeologik qazishmalar olib bordi. Bu majmuadagi uchinchi qal’a mufassalroq o’rganildi. Uning sahni 260×180 metr bo’lib, hovli va 40 xonali binodan iborat. Xonalarining umumiy maydoni 2400 metr kvadrat. Xona devorlari to’rt burchakli xom g’ishtdan terilgan. Ayoz qal’a majmuasida, asosan Kushon podsholigi davriga doir sopol, mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, zeb-ziynatlar va tangalar, jumladan, Kanishka pullari topildi. Ayoz qal’a o’z davrida Xorazmning shimoiy- Sharqiy chegarasida mustahkam istehkom vazifasini o’tagan. Ad..Tolstov S. P., Drevniy Xorezm, M., 1948; Tolstov S. P., Po sledam drevnexorezmiyskoy tsivilizasii, M., 1948.