Tabiatda foydali va inson uchun zarur bo’lgan hasharotlarning ko’p turi bor. Ammo ular orasida chaqadigan va nish sanchadigan, kasalliklar tarqatadigani ham mavjud. Ko’p hasharotlar chaqqani bilan unchalik zarar yetkazmaydi. Ayrim odamlarning asalari va ari chaqishiga allergiyasi bor. Hasharotlar chaqqanda, ular darhol shifokorga murojaat qilishi, allergik reaksiyaning oldini oladigan dori qabul qilishi lozim. Iskabtoparlarning ayrim turlari bakteriyalar tarqatib, turli kasalliklar, masalan, sariq bezgak, bezgak, uyqu kasalliklarini keltirib chiqaradi. Hasharotlar bu mikroblarni o’zi bilan tashib, chaqqan qurboniga yuqtiradi. Terlama kasalligini bitlar tarqatadi. Odamlar juda g’uj yashayotgan joylarda bu kasallik ancha xavflidir. Pashshalar vabo, ichburug’, sariq va terlama bezgagini tarqatadi. Hasharotlar tomonidan tarqatiladigan barcha kasalliklar chang-chung bo’lmagan, ozoda va top-toza joylarda kamdan-kam uchraydi. Bunday sharoitda hasharotlar tez ko’paya olmaydi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
