AZA

AZA (Arabcha — sabr, bardosh) — marhumning izzat-hurmati va xotirasi uchun ma’lum muddat tutiladigan mo-tam. Aza tutish odati qadim zamonlardan mavjud bo’lib, xalqlarning diniy e’tiqodlariga ko’ra farqlanadi. Islomda Aza tutish muddati uch kun. Lekin eri vafot etgan ayollar uchun idda muddati esa to’rt oyu o’n kun. Aza vaqtida ayollar oddiy matodan qora yoki ko’k libos kiyishadi. Ba’zi xalqlarda, jumladan o’zbeklarda Azani uzoq tutish — bir yilgacha qora kiyim kiyish, to’y qilmaslik va hokazo odatlar saqlangan. Shuningdek, marhum dafn etilgandan keyin uni xotirlab yetti, yigirma, qirq, hayit oshi, yil oshi, kiryuvdi, payshanbalik, yakshanbalik, oqkiyar kabi motam marosimlari o’tkaziladi. Bu udumlar xalq hayotiga g’oyat singib ketgan. Lekin bu an’anaviy marosimlarning shar’iy asosi bo’lmaganligi sababli Islom dinida ularning ko’p tomonlari tan olinmaydi. O’zbekiston musulmonlari idorasi bularning o’rniga marhum ruhini shod etish uchun boshqa xayrli ishlar qilish joizligi haqida bir necha fatvo chiqargan.