AZOT OKSIDLARI

AZOT OKSIDLARI — azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Azot oksidlari azot va kislorod molekulalarining birikishidan hosil bo’lib, reaktsiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Ba’zilari termodinamik jihatdan beqaror. Azotning quyidagi oksidlari ma’lum: azot (1)-oksid N2O, azot (I)-oksid NO, azot (Sh)-oksid N2O3, azot (gu)-oksid NO2, azot qo’sh oksid N2O4 va azot (V)- oksid N2O5. Azot (1)-oksid N2O — rangsiz, xushbo’y shirinroq gaz, suvda oz miqdorda eriydi; kislota, ishqor va suv bilan birikmalar hosil qilmaydi; yuqori (900°) temperaturada azot bilan kislorodga ajraladi, havo bilan aralashmasi tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. Azot (N)- oksid NO — rangsiz gaz, suvda kam eriydi, havodagi kislorod bilan oksidlanib, azot (IV)-oksidga aylanadi; birikish reaktsiyalariga kirishadi; nitrat kislota ishlab chiqarishda asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi. Azot (P)-oksid ammiakni katalitik oksidlash yoki azot bilan kislorod aralashmasini Volta yoyidan o’tkazish orqali olinadi. Azot (1P)- oksid N2O3 — qo’ng’ir tusli gaz, kondensatlanganida ko’k tusli suyuqlikka aylanadi; suv bilan birikib, nitrit kislota (HNO2) hosil qiladi. Azot (II)- va (1U)-oksidlar aralashmasini sovitish natijasida hosil bo’ladi; beqaror modda. Azot (IV)-oksid NO2 — qo’ng’ir rangli gaz, suv bilan birikib, nitrat kislota (HNO3) va nitrit kislota hosil qiladi. U kuchli oksidlovchi, raketaning suyuq yonilg’isini oksidlash, organik moddalarni nitrolash uchun ishlatiladi. Azot qo’sh oksid N2O4 va azot (u)-oksid N2O5 — rangsiz kristall modda. Amalda deyarli ishlatilmaydi. Azot oksidlari fiziologik faol moddalardir.