AZOTOBAKTERIN

AZOTOBAKTERIN, azotogen-tarkibida mikroorganizmlar (azotobakter) bo’lgan bakterial o’g’it; azotobakter atmosferadagi azotni o’zlashtirib, uni o’simlik oson o’zlashtira oladigan shaklga aylantirib beradi. Tuproqli Azotobakterin (bunda neytral tuproq substrat vazifasini o’taydi) hamda agarli Azotobakterin (substrat — agar-agar) farq qilinadi. Tuproqli Azotobakterin qo’llaniladigan joyda tayyorlanadi. Buning uchun Azotobakterin chirindi moddasiga boy bo’lgan tomorqa yoki bog’tuprog’ida ko’paytiriladi. Azotobakterin maxsus zavod va laboratoriyalarda torfli, chirindili yoki agarli preparat holida tayyorlanadi. Azotobakterin dukkaksiz o’simliklarning azotli oziqlanishini yaxshilash uchun madaniylashgan, neytral reaktsiyali hamda tarkibida etarli miqdorda fosfor bo’lgan tuproqqa urug’lik bilan birga solinadi. 1 gektar yerga sarflanadigan urug’lik normasiga 3-6 kilogramm Azotobakterin qo’shiladi.