AZOTOLLAR
AZOTOLLAR, naftollar — qattiq, rangsiz moddalar. Suvda erimaydi, ishqorlar bilan qizdirilganda tuz hosil qilib, eriydigan holga o’tadi. Ishqoriy muhitda Azotollar gazlamaga birikib, so’ngra diazobirikmalar bilan ishlanganda mustahkam rang hosil qiladi. Azotollar azobo’yoqlar olishda, to’qimachilik materiallarini bo’yashda ishlatiladi.